2025-07-09 17:02:25
126
Oʻzbekiston Milliy universiteti rektori yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi
Bugun universitetda “Yoshlar kuni” munosabati bilan bitiruvchi talabalar ishtirokida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida universitet rektori Inom Madjidov 24-fevral kuni davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan muloqotda belgilangan ustuvor vazifalarga atroflicha to‘xtaldi.
Xususan, yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning bandligini ta’minlash, innovasion g‘oya va tashabbuslarni rag‘batlantirish, ta’lim–ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash kabi yo‘nalishlar universitet faoliyatining ustuvor vazifasi ekani ta’kidlandi.
Uchrashuv ochiq muloqot va erkin fikr almashish ruhida davom etdi. Talabalar o‘z taklif va tashabbuslari bilan faol ishtirok etdilar. Rektor har bir murojaat va taklifni atroflicha eshitib, ularni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi hamda amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan aniq yo‘nalishlar belgilab berdi.
Soha prorektorlari, tegishli bo‘linma rahbarlari va fakultet dekanlariga har bir taklifni tizimli o‘rganish va amaliy natijaga yo‘naltirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.